Nima o'zgardi
- telefonga o'xshash tovarda «Xotira», «Batareya %» va «Rang» kataklari tovar nomi ostida chiqadi;
- boshqa tovarlarda «+ Xarakteristika» tugmasi orqali qo'shiladi;
- qisqa yozish mumkin: 256 ni xotira katagiga yozsangiz 256GB, 82 ni batareya katagiga yozsangiz 82% bo'ladi;
- bir nechta xil birdan kerak bo'lsa, kombinatsiya oynasi qatorlarni o'zi qo'shadi.
Tovar xili qanday yaratiladi
Saqlash paytida ABBOT shu xarakteristikali xilni qidiradi. Bo'lsa unga bog'laydi, bo'lmasa o'zi yaratadi. Kirim saqlanmasa, ortiqcha yozuv qolmaydi.
ABBOT buni siz uchun qiladi
Mijozni tekshirish, shartnoma, grafik, kartadan avtoto'lov va kechikkanlar bilan ishlash — bitta nasiya savdo dasturida.