Asosiy mazmunga o'tish

Mijozni tekshirish

Mijozni tekshirish: KATM, MIB va MyID bitta so'rovda

Nasiya berishdan oldin bilish kerak bo'lgan hamma narsa — kredit tarixi, sud ijrosidagi qarzlar, rasmiy daromad va karta aylanmasi — ikki daqiqada bitta ekranda. Qarorni taxmin emas, ma'lumot hal qiladi.

Narxlar
Skoring xulosasi№ 8841

Chilonzor filiali · 18.10.2026 · 13:52

Mijoz
Rahimov Dilshod
JShShIR
3 1205 •••• •• 17
KATM
2 ta faol kredit, kechikish yo'q
MIB
ijro ishi yo'q
Daromad
INPS · 6 800 000 so'm / oy
MyID
yuz pasport bilan mos
Qaror
limit 12 000 000 so'm, 12 oy
01

15 dan ortiq tekshiruv

KATM, MIB, INPS, soliq, pensiya, karta skoringi, o'z bazangiz va oq/qora ro'yxat.

02

Limit — sizning qoidangiz

Skoring strategiyasida daromad, kechikish va qarz bo'yicha chegaralarni o'zingiz qo'yasiz.

03

Shaxs MyID bilan

Mijoz yuzi pasport ma'lumoti bilan solishtiriladi — birovning hujjati bilan nasiya olib bo'lmaydi.

04

Rahbar tasdig'i

Limitdan oshgan shartnoma rahbarning Telegram'iga borgan kodsiz tuzilmaydi.

Nega nasiyadan oldin tekshirish kerak

Nasiyadagi yo'qotishlarning katta qismi bitta sababdan: mijoz do'konga kelganida allaqachon boshqa joylarda qarzdor bo'ladi. Uning boshqa bankdagi krediti, boshqa do'kondagi nasiyasi yoki MIB'dagi ijro ishi sotuvchiga ko'rinmaydi — mijozning o'zi aytmaydi.

Tekshiruvning maqsadi mijozni rad etish emas, balki to'g'ri limit berish: kim 12 oyga 15 million olishi mumkin, kimga 6 oyga 4 million yetarli, kimdan katta boshlang'ich to'lov yoki kafil so'rash kerak. ABBOT shu qarorni bir necha daqiqada, bir xil qoida bilan qabul qilishga yordam beradi — sotuvchining kayfiyati yoki tanishligi emas, ma'lumot hal qiladi.

ABBOT qaysi manbalarni tekshiradi

Har bir manba alohida pullik so'rov, shuning uchun qaysilari majburiy, qaysilari ixtiyoriy ekanini sozlamada o'zingiz tanlaysiz. Hammasi bitta tugma bilan yuboriladi, natija bitta sahifada chiqadi.

ManbaNimani ko'rsatadi
KATM kredit tarixiFaol kreditlar va nasiyalar, oylik yuklama, joriy va o'tgan kechikishlar, skoring balli
KATM UniversalBarcha majburiyatlar bo'yicha kengaytirilgan tarix; kechikish chegarasini sozlab qo'yish mumkin
MIBMajburiy ijro byurosidagi ochiq ijro ishlari va qarz summasi
INPSRasmiy ish joyi va oylik maosh
Soliq (DSQ)Soliq organidagi daromad ma'lumoti
PensiyaPensiya va nafaqa to'lovlari
Karta skoringiUzCard va Humo kartalari bo'yicha oylik aylanma (MyUzcard, Atmos, UniAccess orqali)
Avtoto'lov skoringiJShShIR bo'yicha kartalardan avtomatik yechish imkoniyati
O'z bazangizMijoz avval sizda nasiya olganmi va qanday to'lagan
Oq va qora ro'yxatIshonchli doimiy mijozlar va avval rad etilganlar
MyIDShaxsni yuz va pasport orqali biometrik tasdiqlash

Skoring strategiyasi: qaror qoidasini o'zingiz yozasiz

Har bir do'konning xavf darajasi har xil. Telefon do'koni MDM bilan himoyalangani uchun ko'proq limit berishi mumkin, mebel do'koni esa kafilga tayanadi. Shuning uchun ABBOT'da tayyor «ha/yo'q» emas — sizning qoidangiz ishlaydi:

  • Limit rasmiy daromaddan hisoblanadi: masalan INPS maoshi yoki karta aylanmasining ma'lum bir ulushi.
  • Kechikish chegarasi: Universal hisobotda belgilangan kundan uzun kechikish bo'lsa — rad etish.
  • Qaysi manbalar majburiy: kichik summaga faqat KATM va MIB, katta summaga — barchasi.
  • Limitdan oshgan shartnoma: rahbarning Telegram'iga tasdiq kodi boradi, sotuvchi kodni kiritmaguncha shartnoma tuzilmaydi.
  • Rad etish sabablari ro'yxati: keyin hisobotda nechta mijoz qaysi sababdan qaytganini ko'rasiz.

Tekshiruv qanday o'tadi

  1. 1

    Pasport ma'lumoti

    Pasport skanerlanadi yoki JShShIR qo'lda kiritiladi. Mobil ilovada telefon kamerasi bilan.

  2. 2

    MyID

    Mijoz telefonga qarab yuzini tasdiqlaydi — shaxs va pasport bir odamga tegishli ekani aniqlanadi.

  3. 3

    So'rov

    Tanlangan manbalarga bitta so'rov ketadi. Odatda natija bir-ikki daqiqada keladi.

  4. 4

    Qaror

    Tizim strategiya bo'yicha limit va tavsiyani ko'rsatadi. Sotuvchi tasdiqlaydi yoki sababini tanlab rad etadi.

  5. 5

    Shartnoma

    Tasdiqlansa, hisobot shartnomaga biriktiriladi va keyin har doim ochib ko'rish mumkin.

Shartnomalarni KATM'ga yuborish

Sozlamada yoqilsa, tuzilgan shartnomalar KATM'ga yuboriladi. Bu ikki tomonlama foyda: mijozning boshqa joylardagi kredit tarixida sizdagi qarzi ko'rinadi, u esa to'lov intizomini buzishdan oldin o'ylab ko'radi.

Narxi

Tekshiruv faqat ishlatilganda balansdan yechiladi: ABBOT skoring — har bir tekshiruv 25 000 so'm, MyID — 5 000 so'm. Oylik obuna va boshqa xizmatlar narxi narxlar sahifasida.

Ko'p beriladigan savollar

KATM orqali tekshirish uchun alohida shartnoma kerakmi?

So'rovlar ABBOT orqali yuboriladi va har birining narxi balansingizdan yechiladi. Karta skoringi va avtoto'lov uchun to'lov provayderi bilan alohida ariza kerak bo'ladi — qanday hujjatlar kerakligini ulanish paytida aytamiz.

Tekshiruv qancha vaqt oladi?

Odatda bir-ikki daqiqa. MyID tasdig'i uchun mijoz telefon kamerasiga bir necha soniya qaraydi.

Mijozni tekshiruvsiz ham shartnoma tuzsa bo'ladimi?

Ha, tekshiruv majburiy emas — buni sozlamada o'zingiz belgilaysiz. Masalan doimiy mijozlarni oq ro'yxatga qo'shib, ular uchun tekshiruvni o'tkazib yuborish mumkin.

Rad etilgan mijoz keyin qayta kelsa nima bo'ladi?

Uning oldingi tekshiruvi va rad etish sababi tizimda saqlanadi. Qora ro'yxatga qo'shilgan bo'lsa, boshqa filialda ham sotuvchi buni darhol ko'radi.

ABBOT'ni o'z do'koningiz misolida ko'ring

30 daqiqalik onlayn demo: shartnoma tuzamiz, grafikni ko'rsatamiz, savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yo'q.

Yoki o'zingiz ro'yxatdan o'ting: oylik xizmatlar birinchi oy bepul

Demo so'rovi

Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.

Demo so'rovi

Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.