Asosiy mazmunga o'tish

Qurilmani bloklash

Nasiyaga sotilgan telefonni masofadan bloklash

Sotuv paytida iPhone yoki Android telefon MDM'ga ulanadi. To'lov siz belgilagan kundan ko'p kechiksa, qurilma o'zi bloklanadi: ekranda qarz summasi va do'kon raqami turadi, qo'ng'iroq faqat sizga va favqulodda xizmatlarga ketadi.

Narxlar
Qurilma holati№ 0317

Shartnoma № 5481 · Yunusobod filiali · 08.11.2026

Qurilma
iPhone 14, 128 GB
IMEI
35 4412 •••• 2290
Himoya
MDM va iCloud
Kechikish
20 kun
Qarz
1 050 000 so'm
Blok
20-kun, 10:00 · avtomatik
Ekranda
qarz summasi va do'kon raqami
Ochilish
to'lovdan keyin o'zi
01

iPhone va Android

7MDM, Samsung Knox Guard, Mobilock va iCloud himoyasi — bitta oynadan.

02

Avtomatik blok

Kechikishning nechanchi kunida bloklashni o'zingiz tanlaysiz (kamida 10 kun).

03

IMEI bo'yicha

UzIMEI orqali qurilmani IMEI bo'yicha ham bloklash mumkin.

Qanday himoya usullari bor

UsulQurilmaNima qiladi
7MDMiPhone, AndroidTo'liq blok, «faqat qo'ng'iroqlar» rejimi, ekranga xabar, ekran parolini tiklash, iCloud'ni yopish
Samsung Knox GuardSamsungIshlab chiqaruvchi darajasidagi blok, zavod holatiga qaytarilsa ham saqlanadi
MobilockAndroidAndroid qurilmalarni masofadan bloklash
iCloud himoyasiiPhoneMijoz iCloud akkauntini almashtira olmaydi
UzIMEIHar qanday telefonIMEI bo'yicha ro'yxatga olish va bloklash

To'lov kechiksa nima bo'ladi

  1. 1

    Eslatma

    To'lovdan oldin va to'lov kuni mijozga SMS yoki Telegram eslatma boradi.

  2. 2

    Yengil blok

    Xohlasangiz, avval «faqat qo'ng'iroqlar» rejimi: telefon ishlaydi, lekin ekranda ogohlantirish turadi.

  3. 3

    To'liq blok

    Belgilangan kunda qurilma o'zi bloklanadi. Faqat favqulodda raqam, do'konga qo'ng'iroq va to'lov qoladi.

  4. 4

    To'lovdan keyin

    Qarz yopilgach, qurilma sahifasidan bir tugma bilan blokdan chiqariladi.

  5. 5

    To'liq to'langach

    MDM qurilmadan olib tashlanadi va telefon to'liq mijozniki bo'ladi.

iPhone uchun

  • MDM MacBook'dagi Apple Configurator orqali yoki boshqa iPhone/iPad orqali o'rnatiladi. MacBook orqali o'rnatishda eski telefondan ma'lumot ko'chirish ham ishlaydi.
  • Sotuvdan keyin iCloud himoyasi yoqiladi — mijoz o'z iCloud'idan foydalanadi, lekin uni almashtira olmaydi.
  • Bloklangan iPhone'ning joylashuvini so'rab yangilash mumkin.
  • Mijoz ekran parolini unutsa, uni masofadan tiklab berasiz.
  • Telefon sbros qilinsa ham tashkilot nazoratida qoladi: blokni ochish uchun mijoz do'konga qaytadi.

Android uchun

  • O'rnatish: yangi telefonga QR kod bilan, Samsung'ga qutidagi IMEI bilan, ishlatilgan telefonga USB kabel orqali.
  • Himoya to'plami: zavod holatiga qaytarishni, noma'lum ilovalarni va USB orqali sozlashni taqiqlash, FRP himoyasi.
  • Triggerlar: telefon belgilangan kun internetga chiqmasa — o'zi bloklanadi; SIM karta almashtirilsa yoki qayta yuklansa — sizga xabar boradi.
  • Internetsiz joydagi bloklangan telefonni oflayn kod bilan ochish mumkin.
  • Mijozga bildirishnoma (push) yuborish.

Halol gap: 100% himoya yo'q

Hech bir MDM tizimi to'liq kafolat bermaydi. Xiaomi va POCO kabi ayrim brendlarda himoya darajasi pastroq — qayta proshivka bilan blokni vaqtincha aylanib o'tish mumkin, lekin tizim yangilanganda himoya qaytadi. Shuning uchun bloklash — undiruvning bir bosqichi, yagona chorasi emas: mijozni tekshirish, avtoto'lov va kafil bilan birga ishlaganda natija beradi.

Narxi

MDM litsenziyasi qurilmaga, 12 oyga: ABBOT'da shartnoma tuzadiganlar uchun iPhone — 80 000 so'm, Android — 60 000 so'm. 3, 6, 9 va 18 oylik litsenziyalar ham bor. UzIMEI: biriktirish 3 000–5 000 so'm, birinchi bloklash 55 000 so'm. Batafsil: narxlar.

Ko'p beriladigan savollar

Bloklangan telefondan mijoz qo'ng'iroq qila oladimi?

To'liq blokda faqat favqulodda raqamlarga (Apple va Google buni o'chirishga ruxsat bermaydi) va sizning do'koningizga qo'ng'iroq qilish mumkin. «Faqat qo'ng'iroqlar» rejimida esa istalgan raqamga qo'ng'iroq ochiq.

Mijoz telefonni zavod holatiga qaytarsa blok yo'qoladimi?

Yo'q. iPhone sbros qilingach ham tashkilot nazoratida qoladi, Android'da esa zavod holatiga qaytarish taqiqlanadi va FRP himoyasi yoqiladi. Telefon blokda qoladi va mijoz do'konga qaytishi kerak bo'ladi.

MDM litsenziyasi qachondan hisoblanadi?

Qurilmaga o'rnatilgan kundan boshlab, sotib olingan kundan emas. Muddat tugagach MDM telefonda qoladi, lekin unga yangi buyruq yuborib bo'lmaydi.

To'liq to'lagan mijoz telefonidan MDM qanday olib tashlanadi?

ABBOT'dagi qurilma sahifasidan «MDM ni qurilmadan o'chirish» buyrug'i yuboriladi. Shundan keyin telefon to'liq mijozniki bo'ladi.

ABBOT'ni o'z do'koningiz misolida ko'ring

30 daqiqalik onlayn demo: shartnoma tuzamiz, grafikni ko'rsatamiz, savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yo'q.

Yoki o'zingiz ro'yxatdan o'ting: oylik xizmatlar birinchi oy bepul

Demo so'rovi

Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.

Demo so'rovi

Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.