Ombor
- Kirim — ta'minotchi, partiya, kirim narxi (so'm yoki dollar). Telefonlar IMEI, texnika seriya raqami bilan, qolganlari shtrix-kod bilan.
- Mahsulotlar harakati — har bir dona qachon kelgani, ko'chirilgani va sotilgani; «shartnomaga sotilgan» belgisi bilan.
- Filiallar orasida ko'chirish — bir ombordan boshqasiga hujjat bilan.
- Inventarizatsiya — sanoq natijasi tizimdagi qoldiq bilan solishtiriladi.
- Hisobdan chiqarish — buzilgan yoki yo'qolgan tovar hujjat bilan chiqariladi va bekor qilinishi mumkin.
- Qoldiq va ombor balansi — har bir ombor bo'yicha soni va tannarxi.
- ABC tahlil — qaysi tovarlar asosiy daromadni beradi, qaysilari omborda turib qolgan.
- Kam qolgan tovarlar — har bir mahsulot uchun minimal qoldiq; chegaradan tushsa ro'yxatda ajralib turadi.
Narxlar
Har bir mahsulotda kirim, naqd sotuv, nasiya va minimal narx bor. Narx o'zgarganda jurnalga yoziladi: kim, qachon, qaysi narxni qanchaga o'zgartirgani ko'rinadi. Sennik va etiketkalar shu narxlar bilan chop etiladi.
Kassa va naqd savdo
- Bir nechta chek — navbatdagi xaridorni kutib turmasdan keyingi chekni ochish, keyin qaytish (beshtagacha).
- Tez chegirma — 5, 10, 15% bir tugma bilan, faqat ruxsati bor xodimga va minimal narxdan past emas.
- Sotuvchi → kassir — sotuvchi savdoni rasmiylashtiradi, kassir to'lovni qabul qiladi; kassirga yangi chek haqida bildirishnoma keladi.
- Kassa smenasi — smena ochilganda va yopilganda qoldiq sanaladi, farq «kamomad» yoki «ortiqcha» bo'lib alohida yoziladi.
- Qarzga savdo — shartnomasiz, tanish mijozga yoki ulgurji xaridorga qarzga berish va qarzni kuzatish.
- Trade-in — mijozning eski qurilmasini qabul qilib omborga kirim qilish va yangisining narxidan ayirish.
- Keshbek — naqd savdo va shartnomadan foiz yig'iladi, keyingi xariddan chegirma bo'lib ishlatiladi.
Ruxsatlar va nazorat
Kim kirim qila oladi, kim narx o'zgartira oladi, kim chegirma bera oladi — har biri alohida ruxsat. Muhim amallar (masalan, limitdan oshgan savdo) rahbarning Telegram'iga borgan kod bilan tasdiqlanadi.
Narxi
Ombor va naqd savdo asosiy obuna ichida — oyiga 200 000 so'm, ombor ishlatilsa ham, ishlatilmasa ham. Moliya moduli (kassa hisoboti, xarajatlar, boshqaruv hisobotlari) — oyiga 100 000 so'm. Batafsil: narxlar.