Nasiya do'konida foyda nega ko'rinmaydi
Telefonni 12 oyga sotganingizda foyda bir kunda emas, 12 oy davomida keladi. Shu orada siz yangi tovar olasiz, ijara va oylik to'laysiz. Kassadagi pulga qarab «yaxshi ishlayapmiz» yoki «zarar qilyapmiz» deyish xato bo'ladi — pul oqimi va foyda ikki xil narsa. ABBOT ikkalasini alohida, lekin bitta ma'lumot bazasidan ko'rsatadi.
Nimalar bor
| Bo'lim | Nimani ko'rsatadi |
|---|---|
| Kassa va hisoblar | Har bir naqd kassa, karta va bank hisobidagi qoldiq |
| Operatsiyalar va transferlar | Har bir kirim-chiqim manbasi bilan, kassalar orasidagi o'tkazmalar |
| Pul oqimi (Cashflow) | Davr bo'yicha qayerdan pul keldi va qayerga ketdi |
| Foyda va zarar (P&L) | Tushum − tannarx − xarajatlar = sof foyda |
| Balans | Aktivlar va majburiyatlar: pul, tovar, debitorlik, kreditorlik |
| Ta'minotchilar | Kimga qancha qarzdorsiz va qachon to'laysiz |
| Qarzdor mijozlar | Qarzga savdo bo'yicha kim qancha qarz |
| Majburiyatlar va asosiy vositalar | Kreditlar, ijara, uskunalar |
| Xarajat turlari | Ijara, oylik, reklama va boshqalar — o'z ro'yxatingiz |
Kassa intizomi
Har bir kassada smena yuritiladi: ochilishda va yopilishda pul sanaladi, farq bo'lsa u «kamomad» yoki «ortiqcha» operatsiyasi sifatida yoziladi va hisobotda ko'rinadi. Kassa hisoboti kunlik kirim va chiqimni to'lov turlari bo'yicha ko'rsatadi.
Dollar va so'm
Ko'p do'konlar tovarni dollarda oladi, so'mda sotadi. ABBOT har kuni Markaziy bank kursini oladi, hisoblarni ikkala valyutada yuritadi va kurs farqini hisobga oladi. Kassir kursni qo'lda kiritsa, u rasmiy kursdan belgilangan chegaradan ko'p farq qilmasligi tekshiriladi.
Moliyachi maslahati
Hisobotlarni o'qish va qaror qabul qilishda yordam kerak bo'lsa, ABBOT moliyachisi sizning raqamlaringiz asosida tahlil va tavsiya beradi. Bu alohida xizmat — 700 000 so'm.
Narxi
Moliya moduli — oyiga 100 000 so'm, asosiy obunaga qo'shimcha. Batafsil: narxlar.