MDM nima
MDM (Mobile Device Management) — qurilmani masofadan boshqarish tizimi. Telefon sotuvdan oldin do'konning MDM tizimiga ro'yxatdan o'tkaziladi. Shundan keyin do'kon unga buyruq yubora oladi: bloklash, ekranga xabar chiqarish, sozlamalarni cheklash. Mijoz telefondan oddiygidek foydalanadi — farqni faqat to'lov kechikkanda sezadi.
Usullarni taqqoslash
| Usul | Qurilmalar | Afzalligi | Cheklovi |
|---|---|---|---|
| MDM (masalan, 7MDM) | iPhone, Android | To'liq va yengil blok, ekranga xabar, sozlamalarni cheklash | O'rnatish sotuvdan oldin bo'lishi kerak; litsenziya pullik |
| iCloud himoyasi | iPhone | Mijoz iCloud'ni almashtira olmaydi, qayta sotish qiyinlashadi | Faqat MDM bilan birga ishlaydi |
| Samsung Knox Guard | Samsung | Ishlab chiqaruvchi darajasida, zavod holatiga qaytarilsa ham qoladi | Faqat Samsung |
| IMEI bo'yicha bloklash | Har qanday telefon | Telefon tarmoqqa ulanmaydi | Mijoz Wi-Fi orqali foydalanishi mumkin; blok pullik |
iPhone: Apple Configurator va iCloud
iPhone MDM'ga Apple Configurator orqali (MacBook yoki boshqa iPhone/iPad yordamida) ulanadi. Buning uchun telefon zavod holatida bo'lishi kerak — odatda yangi telefon qutidan chiqqanda. Faollashtirishdan keyin mijozning iCloud akkaunti kiritiladi va iCloud himoyasi yoqiladi.
- To'liq blokda telefonda faqat favqulodda qo'ng'iroq, do'konga qo'ng'iroq va to'lov qoladi.
- Yengil («faqat qo'ng'iroqlar») blokda telefon ishlaydi, lekin ekranda ogohlantirish turadi.
- Telefon sbros qilinsa ham do'kon nazoratida qoladi — mijoz do'konga qaytishga majbur bo'ladi.
- To'liq to'lovdan keyin MDM o'chiriladi va telefon to'liq mijozniki bo'ladi.
Android: QR, IMEI yoki kabel
Yangi Android telefon QR kod orqali, Samsung qutidagi IMEI orqali, ishlatilgan telefon esa kompyuterga kabel bilan ulab MDM'ga qo'shiladi. Android'da qo'shimcha himoyalar bor: zavod holatiga qaytarishni, noma'lum ilovalarni o'rnatishni va USB orqali sozlashni taqiqlash; telefon belgilangan kun internetga chiqmasa avtomatik blok.
Halol gap: 100% himoya yo'q
Hech bir MDM to'liq kafolat bermaydi. Ayrim brendlarda (masalan, Xiaomi va POCO) himoya darajasi pastroq — mutaxassis qayta proshivka bilan blokni vaqtincha aylanib o'tishi mumkin. Shuning uchun bloklash — undiruvning bir bosqichi, yagona chorasi emas. U mijozni tekshirish, kartadan avtoto'lov va kafil bilan birga ishlaganda natija beradi.
Qachon bloklash kerak
Birinchi kechikkan kunning o'zida bloklash mijozni xafa qiladi va keraksiz janjal keltirib chiqaradi. Ko'p do'konlar quyidagi tartibda ishlaydi:
- 1
1–5 kun
SMS va Telegram eslatma, kartadan avtoto'lov urinishlari.
- 2
5–10 kun
Undiruvchining qo'ng'irog'i, to'lov va'dasi, kafil kartasi.
- 3
10–20 kun
Yengil blok: telefon ishlaydi, ekranda qarz haqida ogohlantirish.
- 4
20 kundan keyin
To'liq blok. To'lov qilinishi bilan blokdan chiqarish.
Bloklashni dasturda avtomatlashtirish
Har kuni ro'yxatni ko'rib, qaysi telefonni bloklashni qo'lda hal qilish xato va unutishga olib keladi. ABBOT'da MDM shartnomaga bog'lanadi: kechikish siz belgilagan kunga yetganda qurilma o'zi bloklanadi, to'lov kelgach bir tugma bilan ochiladi, shartnoma yopilganda MDM olib tashlanadi.
ABBOT buni siz uchun qiladi
Mijozni tekshirish, shartnoma, grafik, kartadan avtoto'lov va kechikkanlar bilan ishlash — bitta nasiya savdo dasturida.