Mebel nasiyasi qanday yuritiladi
- 1
Murojaat
Instagram, Telegram yoki qo'ng'iroqdan kelgan mijoz buyurtma bo'lib yoziladi.
- 2
Tekshiruv
Pasport bo'yicha KATM, MIB va rasmiy daromad, kerak bo'lsa kafil ham tekshiriladi.
- 3
Shartnoma va kafil
Boshlang'ich to'lov, muddat va grafik; mijoz va kafil onlayn yoki do'konda imzolaydi.
- 4
Yetkazish
Buyurtma bosqichlarida «ishlab chiqarishda», «yetkazilmoqda», «o'rnatildi» kabi holatlarni o'zingiz belgilaysiz.
- 5
To'lovlar
Har oy kartadan avtoto'lov, kechiksa eslatma, kafil kartasi, rasmiy xat.
Kafil — mebel nasiyasining asosiy himoyasi
Kafil uchun alohida kafillik shartnomasi tuziladi va u ham SMS kod yoki Face ID bilan imzolaydi. Kafilning kartasi shartnomaga ulanadi va kechikishning 5-kunidan ishlaydi. Kafil boshqa shaharda bo'lsa ham do'konga kelishi shart emas.
To'plam va buyurtma
Mebel ko'pincha to'plam bo'lib sotiladi: divan, ikki kreslo va stol. Shartnomaga bir nechta mahsulot qo'shiladi, har biri ombordan alohida chiqadi.