Asosiy mazmunga o'tish

Avtoto'lov

Avtoto'lov: oylik to'lov mijoz kartasidan o'zi yechiladi

Mijozning UzCard yoki Humo kartasi shartnomaga ulanadi. To'lov kuni kelgach ABBOT qarz yopilguncha kartani har soatda tekshiradi va borini yechadi. Sotuvchi qo'ng'iroq qilib yurmaydi, kassir pulni qo'lda kiritmaydi.

Narxlar
Avtoto'lov jurnali18.11.2026

Shartnoma № 5592 · 2-oy to'lovi · 1 050 000 so'm

VaqtHumoYechildiHolat
09:00•• 44170mablag' yo'q
10:00•• 44170mablag' yo'q
11:00•• 4417400 000qisman
15:00•• 4417650 000yechildi
Jami1 050 000yopildi
Grafik yangilandi · mijozga SMS ketdi
01

Har soatda urinish

Kartaga maosh tushgan soatda to'lov yechiladi — kun oxirini kutmaydi.

02

Qisman ham

Kartada 400 ming bo'lsa 400 ming yechiladi, qolgani keyingi urinishda.

03

Kafil va boshqa karta

Kafil yoki mijozning roziligi bilan uchinchi shaxs kartasi ham ulanadi.

Avtoto'lov qanday ishlaydi

  1. 1

    Karta ulanadi

    Shartnoma tuzishda mijoz karta raqamini beradi va SMS kod bilan tasdiqlaydi. Bir shartnomaga bir nechta karta ulanishi mumkin.

  2. 2

    To'lov kuni

    Grafikdagi sana kelgach, tizim kartadan oylik summani yechishga harakat qiladi.

  3. 3

    Har soat

    Mablag' yetmasa, qarz yopilguncha har soatda yana tekshiradi va kartada borini yechadi.

  4. 4

    Avtomatik yozuv

    Har bir yechilgan summa shartnomaga o'zi tushadi, grafik yangilanadi, mijozga SMS ketadi (xizmat yoqilgan bo'lsa).

Kafil va uchinchi shaxs kartasi

Ko'p hollarda mijozning o'z kartasida pul bo'lmaydi, lekin otasi, turmush o'rtog'i yoki kafili to'lashga rozi. ABBOT'da shu kartalarni ham shartnomaga ulash mumkin:

  • Kafil kartasi — kechikishning 5-kunidan boshlab ishlaydi; bu shart standart shartnomada yozilgan.
  • Uchinchi shaxs kartasi — karta egasi SMS kod bilan rozilik beradi, shartnomada ham ruxsat ko'rsatiladi.
  • JShShIR orqali undirish — shartnoma sahifasida yoqiladi: to'lov mijozning o'z nomidagi boshqa kartalaridan ham yechiladi.

Mijoz o'zi to'lashi ham mumkin

Avtoto'lov bilan birga mijoz Payme yoki Click orqali, kassada naqd yoki terminal orqali to'lashi mumkin. Barcha to'lovlar bitta shartnomada yig'iladi, qaysi yo'l bilan kelgani ko'rinib turadi. Kunlik hisobotda «shundan avtoto'lov» qatori alohida chiqadi.

Ulanish uchun nima kerak

Kartadan yechish uchun tashkilot to'lov provayderi (Plum, Atmos yoki UniAccess) bilan shartnoma tuzadi: ariza imzo va muhr bilan ikki nusxada, direktor buyrug'i va bank hisob raqamiga E-POS biriktiriladi. Hujjatlarni tayyorlashda yordam beramiz, ulanish holatini ABBOT'ning o'zida kuzatasiz.

ProvayderImkoniyat
Plum (MyUzcard)Kartadan yechish, karta skoringi
AtmosKartadan yechish, karta skoringi
UniAccess (Autopay)JShShIR bo'yicha avtoto'lov, Humo karta skoringi

Nima uchun avtoto'lov to'lov intizomini oshiradi

Kechikishlarning ko'pi qasddan emas: mijoz sanani unutadi, do'konga borishga vaqti bo'lmaydi yoki maosh kechikib tushadi. Avtoto'lov bu sabablarni olib tashlaydi — pul kartaga tushgan soatning o'zida yechiladi. Sizning undiruvchilaringiz esa haqiqatan to'lamayotganlar bilan shug'ullanadi.

Qarzdorlik bilan keyingi bosqichlar — eslatma, va'da, bloklash, pochta xati — qarzdorlik undiruvi sahifasida.

Ko'p beriladigan savollar

Avtoto'lov faqat to'lov kunida ishlaydimi?

Yo'q. To'lov kuni kelgandan boshlab qarz to'liq yopilguncha tizim har soatda kartani tekshiradi va mavjud summani yechadi, qisman bo'lsa ham.

Qaysi kartalar ishlaydi?

UzCard va Humo. Qaysi provayder ulangani va uning shartlari bo'yicha ro'yxat ulanish paytida aniqlanadi.

Avtoto'lovdan biror mijozni chiqarib qo'ysa bo'ladimi?

Ha. Avtoto'lov qora ro'yxati bor: unga qo'shilgan karta yoki mijozdan pul yechilmaydi.

Kartadan yechilgan pul qachon hisobimga tushadi?

Pul to'lov provayderi orqali tashkilotingiz bank hisobiga o'tkaziladi; muddat provayder bilan tuzilgan shartnomaga bog'liq. ABBOT'da har bir yechish darhol shartnomaga yoziladi.

ABBOT'ni o'z do'koningiz misolida ko'ring

30 daqiqalik onlayn demo: shartnoma tuzamiz, grafikni ko'rsatamiz, savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yo'q.

Yoki o'zingiz ro'yxatdan o'ting: oylik xizmatlar birinchi oy bepul

Demo so'rovi

Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.

Demo so'rovi

Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.