Asosiy mazmunga o'tish

Telefon do'konlari

Telefon do'koni uchun nasiya dasturi

iPhone, Samsung va Xiaomi'ni nasiyaga sotish — eng daromadli va eng xavfli savdo. ABBOT har bir telefonni IMEI bilan kirimdan to oxirgi to'lovgacha kuzatadi, mijozni tekshiradi, to'lovni kartadan yechadi va kechikkan telefonni masofadan bloklaydi.

Narxlar
Muddatli to'lov shartnomasi№ 5604

Telefon · Chilonzor filiali · 18.10.2026

Xaridor
Tursunova Malika
Tovar
Samsung Galaxy S24, 256 GB
IMEI
35 7710 •••• 3352
Narx
9 600 000 so'm
Grafik
8 oy × 1 080 000 so'm
Himoya
MDM (Knox) · UzIMEI
Avtoto'lov
Humo •• 7731
Xaridor · SMS kod, 15:21
Sotuvchi · Jasur T.
01

Telefon sotildi — mijoz yo'qoldi

MDM va iCloud himoyasi bilan telefon do'kon nazoratida qoladi: to'lov kechiksa qurilma o'zi bloklanadi.

02

Qaysi IMEI kimga sotilgani noma'lum

Har bir dona IMEI bilan kirim qilinadi va shartnomaga bog'lanadi. Qidiruvda IMEI yozsangiz, butun tarixi chiqadi.

03

Mijoz boshqa do'konda ham qarzdor

KATM, MIB va karta aylanmasi bitta so'rovda — limitni ma'lumotga qarab berasiz.

Telefon nasiyasi qanday o'tadi ABBOT'da

  1. 1

    Kirim

    Telefonlar ta'minotchidan IMEI bilan kirim qilinadi: kirim narxi dollarda, naqd, nasiya va minimal narx belgilanadi.

  2. 2

    Tekshiruv

    Xaridor pasporti bilan keladi: KATM, MIB, INPS va MyID — bir-ikki daqiqa.

  3. 3

    Shartnoma

    IMEI skanerlanadi, grafik tuziladi, mijoz va kafil imzolaydi, kartalar avtoto'lovga ulanadi.

  4. 4

    MDM

    Telefon topshirishdan oldin 7MDM'ga ulanadi (iPhone'da iCloud himoyasi ham yoqiladi), Samsung'ga Knox Guard.

  5. 5

    To'lovlar

    Har oy kartadan avtoto'lov, kechiksa SMS, va'da, keyin avtomatik blok.

  6. 6

    Yopilish

    Oxirgi to'lovdan keyin MDM olib tashlanadi, telefon to'liq mijozniki bo'ladi.

iPhone nasiyasi alohida e'tibor talab qiladi

iPhone qimmat va qayta sotish oson, shuning uchun firibgarlar ko'proq iPhone so'raydi. ABBOT'da iPhone uchun: MDM Apple Configurator orqali o'rnatiladi, iCloud himoyasi yoqiladi (mijoz iCloud'ni almashtira olmaydi), telefon sbros qilinsa ham do'kon nazoratida qoladi, bloklangan iPhone joylashuvini so'rab yangilash mumkin.

Mijoz eski iPhone'idan yangisiga ma'lumot ko'chirmoqchi bo'lsa, MDM MacBook orqali o'rnatilganda bu ham ishlaydi. Batafsil: qurilmani bloklash.

Trade-in va naqd savdo

Mijoz eski telefonini topshirib yangisini olsa, eski qurilma omborga kirim qilinadi va uning qiymati yangi telefon narxidan ayiriladi. Aksessuarlar, g'iloflar va zaryadlovchilar naqd savdo orqali shtrix-kod bilan sotiladi — hammasi bitta kassada.

Raqamlarda nazorat

  • Har bir model bo'yicha rentabellik: qaysi telefon ko'proq foyda beradi.
  • Sotuvchilar KPI: kim ko'p sotadi va uning mijozlari qanday to'laydi.
  • Kutilayotgan tushum: keyingi hafta kartalardan qancha pul tushishi kerak.
  • Muddati o'tganlar: kechikish kunlari bo'yicha, qaysi telefonlar bloklangan.

Ko'p beriladigan savollar

iPhone'ni nasiyaga sotishda qanday himoya bor?

7MDM orqali masofadan bloklash, iCloud himoyasi (mijoz akkauntni almashtira olmaydi), ekran parolini tiklash va bloklangan telefon joylashuvini so'rash. Telefon sbros qilinsa ham do'kon nazoratida qoladi.

Xiaomi va boshqa Android telefonlar-chi?

Android'ga 7MDM QR kod, IMEI (Samsung) yoki USB orqali o'rnatiladi. Zavod holatiga qaytarish va noma'lum ilovalar taqiqlanadi. Ayrim brendlarda (Xiaomi, POCO) himoya darajasi pastroq — buni ochiq aytamiz.

MDM narxi qancha?

12 oylik litsenziya, ABBOT'da shartnoma tuzadiganlar uchun: iPhone — 80 000 so'm, Android — 60 000 so'm. Boshqa muddatlar narxlar sahifasida.

ABBOT'ni o'z do'koningiz misolida ko'ring

30 daqiqalik onlayn demo: shartnoma tuzamiz, grafikni ko'rsatamiz, savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yo'q.

Yoki o'zingiz ro'yxatdan o'ting: oylik xizmatlar birinchi oy bepul

Demo so'rovi

Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.

Demo so'rovi

Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.