Asosiy mazmunga o'tish

Marketing va CRM

Instagram, Telegram va qo'ng'iroqlar — bitta oynada

Nasiya so'rab yozgan mijoz ko'pincha javob kutmay boshqa do'konga ketadi. ABBOT barcha kanallardan kelgan murojaatlarni bitta ro'yxatga yig'adi: kim yozdi, kim javob berdi, mijoz qaysi bosqichda — va u kelib shartnoma tuzganida tarixi tayyor turadi.

Narxlar
Murojaatlar hisoboti1–18 oktabr

Instagram, Telegram, Meta Lead Ads va IP-telefoniya

ManbaMurojaatSavdo
Instagram41241
Telegram26833
Meta Lead Ads19012
Qo'ng'iroq8417
Jami954103
AI avtojavob: 954 tadan 781 tasiga javob berdi
01

Instagram va Telegram

Direct, izohlar va Telegram yozishmalari ABBOT ichida javob beriladi.

02

Meta Lead Ads

Facebook va Instagram reklama formalari arizalari o'zi tushadi.

03

IP-telefoniya

Sipuni orqali bir bosishda qo'ng'iroq, qo'ng'iroqlar tarixi mijoz kartasida.

Kanallar

KanalABBOT'da nima qilasiz
InstagramDirect xabarlarga va post izohlariga javob berish, mijozni bazaga qo'shish
TelegramKompaniya akkauntidagi yozishmalarni xodimlar birgalikda yuritadi
Meta Lead AdsReklama formasidan kelgan ariza buyurtma bo'lib tushadi
SipuniKiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlar, bir bosishda qo'ng'iroq qilish
SMSShablon bilan segment bo'yicha xabar: masalan, shartnomasi yaqinda yopilgan mijozlarga yangi taklif
Turli kanallardan kelgan murojaatlar bitta ro'yxatda

Buyurtmalar va bosqichlar

Har bir murojaat buyurtmaga aylanadi va bosqichlardan o'tadi: yangi, bog'lanildi, keladi, shartnoma tuzildi yoki rad etdi. Bosqichlarni o'zingiz sozlaysiz. Kim qancha murojaatni shartnomaga aylantirgani hisobotda ko'rinadi.

Telegram mijozlar boti

Mijozlaringiz uchun Telegram bot: unda mijoz o'z shartnomalari, grafigi, to'langan va qolgan summani ko'radi, to'lov kunidan oldin eslatma oladi. Bot eslatmalari SMS'dan farqli o'laroq bepul.

Mijozlar segmentlari

Mijozlar ro'yxati tayyor segmentlarga bo'lingan: faol shartnomasi borlar, yaqinda yopganlar, kechikkanlar va boshqalar. Har bir segmentga bir bosishda SMS yuborasiz — masalan, yaxshi to'lagan mijozlarga yangi model haqida xabar.

Narxi

Marketing moduli (Instagram, Telegram, CRM, IP-telefoniya, Telegram mijozlar boti) — oyiga 100 000 so'm. Shablonli SMS — bo'lagi 500 so'm. Batafsil: narxlar.

Ko'p beriladigan savollar

Instagram akkauntimni ulash uchun nima kerak?

Biznes yoki kreator Instagram akkaunti va unga bog'langan Facebook sahifasi. Ulashni o'rnatish paytida birga qilamiz.

Sipuni bo'lmasa nima bo'ladi?

Qolgan kanallar Sipuni'siz ham ishlaydi. IP-telefoniya kerak bo'lsa, Sipuni hisobini ochish va ulashda yordam beramiz.

Telegram bot uchun alohida pul to'lanadimi?

Yo'q, Telegram mijozlar boti Marketing moduli ichida, bot orqali eslatmalar bepul.

ABBOT'ni o'z do'koningiz misolida ko'ring

30 daqiqalik onlayn demo: shartnoma tuzamiz, grafikni ko'rsatamiz, savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yo'q.

Yoki o'zingiz ro'yxatdan o'ting: oylik xizmatlar birinchi oy bepul

Demo so'rovi

Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.

Demo so'rovi

Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.