Asosiy hisobotlar
| Hisobot | Qaysi savolga javob beradi |
|---|---|
| Boshqaruv paneli | Bugun va shu oy: savdo, shartnomalar, to'lovlar, muddati o'tgan qarz |
| Kutilayotgan tushum | Kelgusi kunlarda qancha pul kelishi kerak va qanchasi avtoto'lov bilan |
| Shartnomalar intizomi | Qaysi shartnomalar o'z vaqtida, qaysilari doim kechikib to'lanadi |
| Rentabellik | Qaysi tovar va kategoriya qancha foyda beradi |
| Sotuvchilar KPI | Kim nechta shartnoma tuzdi va uning mijozlari qanday to'layapti |
| Undiruvchilar KPI | Kim qancha undirdi, nechta va'da bajarildi |
| Sotuvlar oynasi | Davr bo'yicha savdo dinamikasi |
| Moddiy hisobot | Tovar harakati va qoldiq qiymati |
| Operatsiyalar va tranzaksiyalar | Har bir to'lov va pul harakati, manbasi bilan |
Har bir hisobotni filial, sotuvchi, davr va valyuta bo'yicha filtrlash va Excel'ga yuklab olish mumkin.
Rahbarga kunlik Telegram hisobot
Har kuni soat 20:00 da rahbarning Telegram'iga kunning yakuni keladi. Qaysi bloklar kerakligini o'zingiz tanlaysiz: berilgan shartnomalar va boshlang'ich to'lov, shartnoma to'lovlari (shundan avtoto'lov), naqd savdo, muddati o'tgan qarz, ertaga kutilayotgan tushum va bugungi to'lov va'dalari.
AI yordamchi
ABBOT ichida savolni oddiy tilda yozasiz: «Oktabrda kim eng ko'p shartnoma tuzdi va ularning nechtasi kechikkan?» yoki «Yunusobod filialida shu oy qancha xarajat bo'ldi?». Yordamchi kerakli hisobotlardan ma'lumot olib, jadval bilan javob beradi.
- Faqat o'qiydi — hech qanday yozuvni o'zgartirmaydi, to'lov kiritmaydi, o'chirmaydi.
- Ruxsat bo'yicha — biznes chati faqat unga ruxsat berilgan xodimlarga ochiladi.
- Dasturdan foydalanish bo'yicha savollar — «qaytarilgan tovar qanday kiritiladi?» kabi savollarga qo'llanma asosida javob beradi.
- Rol yaratishda yordam — rolni so'z bilan tasvirlaysiz («kassir, faqat naqd savdo va kassa»), AI kerakli ruxsatlarni taklif qiladi.
Claude bilan ulanish
ABBOT hisobotlarini Claude'ga konnektor sifatida ulash mumkin. Har bir xodim o'z ABBOT hisobi bilan kiradi va «bugun kassaga qancha tushdi, filiallar bo'yicha ayt» kabi savollarni to'g'ridan-to'g'ri Claude'da beradi. Ulanish ham faqat o'qish uchun.