Nasiya qanday hisoblanadi
Nasiyada mijoz tovarning bir qismini darhol to'laydi (boshlang'ich to'lov), qolganini esa oyma-oy. Do'kon qolgan summaga ustama qo'shadi — bu tovarni hozir berib, pulni keyin olgani uchun narx farqi. Hisob uch qadamda:
- Nasiyaga qolgan summa = tovar narxi − boshlang'ich to'lov.
- Ustama = qolgan summa × ustama foizi (butun muddatga) yoki qolgan summa × oylik ustama × oylar soni.
- Oylik to'lov = (qolgan summa + ustama) ÷ oylar soni.
Misol
Telefon narxi 11 400 000 so'm, boshlang'ich to'lov 2 400 000 so'm, 12 oyga 40% ustama. Nasiyaga qolgan: 9 000 000 so'm. Ustama: 9 000 000 × 40% = 3 600 000 so'm. Nasiya summasi: 12 600 000 so'm. Oylik to'lov: 12 600 000 ÷ 12 = 1 050 000 so'm. Mijoz jami 15 000 000 so'm to'laydi.
Yaxlitlash nima uchun kerak
Oylik to'lov 1 049 167 so'm chiqsa, mijoz va kassirga ham noqulay. Kalkulyator oylik summani tanlangan qadamga yuqoriga yaxlitlaydi (masalan 1 050 000), oxirgi to'lov esa farqni o'ziga oladi — jami summa o'zgarmaydi.
Ustamani qanday belgilash kerak
Ustama har bir do'konning xarajati va xavfiga bog'liq: tovar puli necha oy band bo'ladi, mijozni tekshirish, MDM va SMS qancha turadi, kechikish va qaytmaydigan qarzlar ulushi qancha. Muddat uzayishi bilan ustama odatda oshadi. Ustamani narx siyosatingizga qarab o'zingiz belgilaysiz; ABBOT'da har bir muddat uchun ustamani tarifga yozib qo'yasiz va shartnoma tuzishda u avtomatik qo'llanadi.