Nasiya savdo uchun yagona platforma

Nasiyasavdoningbutunzanjiribittatizimda

Mijozni tekshirishdan qarzni undirishgacha: KATM skoring, E-IMZO shartnoma, kartadan avtomatik to'lov va kechikkanda qurilmani bloklash. ABBOT har bir bosqichni avtomatlashtiradi — siz esa savdoni o'stirasiz.

Qanday ishlaydi?

Rasmiy integratsiyalar

KATM MyID E-IMZO UzCard · Humo

6

modul — savdodan HR gacha

15+

tashqi integratsiya

~10

tekshiruv manbai

12+

hisobot turi

Jarayon

Qanday ishlaydi?

Mijoz kirib kelganidan to'lov to'liq yopilgunicha — to'rt bosqich.

01

Tekshiruv

Mijoz MyID biometriyasi yoki passport (MRZ) orqali aniqlanadi, KATM va MIB bo'yicha kredit tarixi tekshiriladi.

02

Shartnoma

To'lov jadvali avtomatik tuziladi, shartnoma E-IMZO bilan imzolanadi, PDF hujjat QR kod bilan shakllanadi.

03

Avtoto'lov

Mijozning UzCard yoki Humo kartasi shartnomaga biriktiriladi — oylik to'lovlar avtomatik yechib olinadi.

04

Himoya

To'lov kechiksa: SMS eslatma, qurilmani masofadan bloklash, rasmiy pochta xati va undiruvchi nazorati.

Skoring

Kimga nasiya berish mumkinligini aniq biling

Har bir mijoz shartnomadan oldin rasmiy manbalar orqali tekshiriladi. Qaror taxminga emas — ma'lumotga asoslanadi, firibgarlik xavfi esa minimal darajaga tushadi.

KATM kredit tarixi

Bank darajasidagi rasmiy tekshiruv: mavjud kreditlar, kechikishlar va to'lov intizomi.

MIB qarzdorligi

Majburiy ijro byurosidagi ochiq ijro ishlari va qarzdorlik avtomatik aniqlanadi.

MyID biometriya

Shaxs yuz orqali tasdiqlanadi, passport MRZ skanerdan o'tadi — soxta hujjat bilan shartnoma tuzib bo'lmaydi.

Oq va qora ro'yxatlar tizimda avtomatik yuritiladi.

Tasdiqlandi
KATM MIB MyID INPS — ish haqi Soliq ma'lumotlari Pensiya jamg'armasi MRZ passport skan Ichki qora ro'yxat

Bitta so'rovda ~10 ta manba tekshiriladi

Himoya va undiruv

To'lov kechiksa, tizim o'zi harakat qiladi

Qarzdorlik bilan ishlash — qo'ng'iroqlar daftari emas, bosqichma-bosqich avtomatlashtirilgan jarayon. Har bir bosqich tizimda qayd etiladi.

SMS eslatma

To'lov kuni yaqinlashganda va kechikkanda mijozga avtomatik SMS yuboriladi.

Avtoto'lov urinishi

Biriktirilgan UzCard yoki Humo kartadan qarz summasi avtomatik yechib olinadi.

Qurilmani bloklash

Nasiyaga sotilgan qurilma masofadan bloklanadi — ekranda to'lov eslatmasi qoladi.

Mobilock · AndroidiCloud · AppleKnox · SamsungUzIMEI

Rasmiy pochta xati

Ogohlantirish va talabnoma xatlari yuridik kuchga ega shaklda avtomatik yuboriladi.

Undiruvchi va sud

Shartnoma undiruvchiga biriktiriladi, KPI hisobotlari yuritiladi, zarur bo'lsa ish sudga oshiriladi.

Moliya

Oy oxirida qancha sof foyda qolganini aniq biling

Ko'p sotish — hali ko'p foyda degani emas. ABBOT har bir so'mning harakatini ko'rsatadi: tushumdan xarajatgacha, mahsulot kesimidagi marjagacha.

  • Pul oqimi — barcha kassa va hisobraqamlar bir joyda
  • Foyda va zarar — har bir mahsulot bo'yicha marja
  • Balans va majburiyatlar nazorati
  • Kontragentlar bilan hisob-kitob
12+ hisobot turi

Foyda va zarar

Bu oy
Tushum482,5 mln
Tannarx−318,2 mln
Xarajatlar−36,9 mln
Sof foyda127,4 mln+12%

Valyuta kursi (MB)

USDUZS

1 USD = 12 680 so'm

Narxlar kurs o'zgarishiga avtomatik moslashadi

15+ integratsiya

Kerakli xizmatlar allaqachon ulangan

Har biri alohida ulanish va texnik ish talab qiladigan xizmatlar — ABBOT'da tayyor holda ishlaydi.

Tekshiruv

KATM
MIB
MyID
INPS

To'lov

UzCard
Humo
MyUzcard
ATMOS
UniAccess

Qurilma himoyasi

UzIMEI
Mobilock MDM
iCloud
Samsung Knox

Aloqa

SMS (PlayMobile)
Telegram
Instagram
Sipuni
Pochta.uz

Kimlar uchun mo'ljallangan?

Muddatli to'lov bilan ishlaydigan har qanday chakana savdo uchun.

Elektronika do'konlari

Elektronika do'konlari

Smartfon, maishiy texnika va gadjetlar savdosi

Muddatli savdo tarmoqlari

Muddatli savdo tarmoqlari

Ko'p filialli nasiya savdo tashkilotlari

Mebel do'konlari

Mebel do'konlari

Uy va ofis mebeli muddatli to'lovga

Zargarlik do'konlari

Zargarlik do'konlari

Qimmatbaho buyumlar savdosi va nazorati

Nasiya savdo — bitta tizimda, boshidan oxirigacha

Ko'p so'raladigan savollar

Javob topolmadingizmi? Demo so'rovi qoldiring — o'zimiz bog'lanamiz.

01ABBOT kimlar uchun mo'ljallangan?

Muddatli to'lov (nasiya) bilan savdo qiladigan chakana biznes uchun: elektronika, maishiy texnika, mebel va zargarlik do'konlari, shuningdek ko'p filialli savdo tarmoqlari.

02Mijoz qanday tekshiriladi?

Shartnomadan oldin mijoz ~10 manba bo'yicha tekshiriladi: KATM kredit tarixi, MIB qarzdorligi, MyID biometriya, INPS ish haqi, soliq va pensiya ma'lumotlari hamda ichki oq/qora ro'yxatlar.

03Avtoto'lov qanday ishlaydi?

Mijozning UzCard yoki Humo kartasi shartnomaga biriktiriladi. To'lov sanasi kelganda summa kartadan avtomatik yechiladi va tizimda qayd etiladi.

04To'lov kechiksa nima bo'ladi?

Tizim bosqichma-bosqich harakat qiladi: SMS eslatma, kartadan avtomatik yechish, qurilmani masofadan bloklash, rasmiy pochta xati va undiruvchi nazorati — zarur bo'lsa sudgacha.

05Narxi qancha?

Tarif biznes hajmi va kerakli modullarga qarab belgilanadi. Demo so'rovi qoldiring — jamoamiz ehtiyojingizga mos taklif tayyorlaydi.

06Filial va xodimlar soniga cheklov bormi?

Yo'q. Filiallar soni cheklanmagan, har bir xodimga alohida rol va ruxsatlar beriladi — tizimda 400 dan ortiq aniq sozlanadigan ruxsat mavjud.

Tizimni o'z biznesingiz misolida ko'ring

So'rov qoldiring — jamoamiz bog'lanadi va ABBOT'ni sizning jarayonlaringiz asosida ko'rsatib beradi.

  • Majburiyatsiz bepul demo
  • Savollarga jonli javob
  • Biznesingizga mos taklif

Yoki to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroq qiling

+998 90 976 08 98

Demo so'rov qoldirish