Ombor
- AI bilan tovar kirimi. Nakladnoy rasmi, PDF yoki Excel'ni yuklaysiz, AI tovar, soni va narxni jadvalga qo'yadi, siz tekshirib saqlaysiz.
- Xarakteristika kirim qatorida. Rang, xotira va batareya foizini shu qatorning o'zida yozasiz.
- Inventarizatsiya. IMEI bo'yicha sanash, ko'r sanash, sanoq tarixi va PDF dalolatnoma.
- Narxlarni Excel'dan yangilash. Sotuv va nasiya narxlari fayldan yangilanadi, saqlashdan oldin oldindan ko'rasiz.
- Etiketkani surish. Chop etishda mazmunni yuqoridan va chapdan millimetrlab to'g'rilaysiz.
Moliya
- Karta tranzaksiyalari. CardXabar yoki Humo botini ulaysiz, karta harakatlari ABBOT'da ko'rinadi va to'lovga bog'lanadi.
- Chiqimni bir nechta hisobdan to'lash. Bitta chiqimni turli hisob va valyutadan yopasiz.
- Dashboard'da foyda. Tepada endi «Nasiyadan foyda» va «Tannarxdan foyda».
Undiruv, hisobot va SMS
- Undiruv hisoboti. Oy bo'yicha har bir shartnoma: oy boshidagi qarz, reja, undirilgan va qolgan summa.
- Oylik portfel. Oylar kesimida jami holat va keyingi oy prognozi.
- Undiruvchiga eslatma. Har kuni bugungi to'lovlar bitta xabarda keladi.
- Kechikkan to'lov SMS'ini takrorlash. Bir marta emas, siz tanlagan oraliqda ketadi.
- Ommaviy SMS. Qabul qiluvchini tanlaysiz: shartnoma mijozlari, qarzga savdo mijozlari yoki naqd xaridorlar.
Qurilma nazorati
- 7MDM Android (IMEI). Yangi telefonni qutisini ochmasdan IMEI orqali qo'shasiz.
- ABBOT IMEI: ommaviy bloklash. Qurilmalarni belgilab, birga bloklaysiz yoki blokdan yechasiz.
ABBOT buni siz uchun qiladi
Mijozni tekshirish, shartnoma, grafik, kartadan avtoto'lov va kechikkanlar bilan ishlash — bitta nasiya savdo dasturida.