Sanash
- skaner yoki qidiruv: nomi, kodi, barkodi va IMEI bo'yicha;
- IMEI'li tovarda ombordagi seriyalar ro'yxati ochiladi, bitta-bitta belgilanadi;
- sanoq natijasini Excel'dan yuklash mumkin: ABBOT'ning o'z eksport fayli qayta o'qiladi.
Ko'r sanash
Inventarizatsiya «Ko'r sanash» bilan ochilsa, sanovchi yakunlanguncha ombor qoldig'ini, farqni va natijani ko'rmaydi. Shu bilan u sonni qoldiqqa moslab yozmaydi, faqat qo'lidagini sanaydi. Qoldiqni kim ko'rishini alohida ruxsat belgilaydi.
Natija
- har bir qator bo'yicha sanoq tarixi: kim, qachon, nechta;
- kamomad hisobdan chiqarish hujjati bilan yopiladi, bekor qilinsa donalar qaytadi;
- sanoq davomida harakat bo'lsa, tizim ogohlantiradi;
- dalolatnoma PDF ko'rinishida chiqadi;
- natija qo'llangach, inventarizatsiya qulflanadi.
ABBOT buni siz uchun qiladi
Mijozni tekshirish, shartnoma, grafik, kartadan avtoto'lov va kechikkanlar bilan ishlash — bitta nasiya savdo dasturida.