Qarz bilan ishlash bosqichlari
Har bir do'kon o'z tartibini o'zi belgilaydi, lekin ko'pchilikda zanjir taxminan shunday. ABBOT'da har bir bosqich avtomatik yoki bir tugma bilan bajariladi va shartnoma tarixida qoladi.
| Qachon | Chora | Kim bajaradi |
|---|---|---|
| 3 kun va 1 kun oldin | SMS yoki Telegram eslatma | Tizim, avtomatik |
| To'lov kuni | Eslatma va kartadan avtoto'lov | Tizim, avtomatik |
| 1–5 kun | «To'lov kechikdi» SMS, undiruvchining qo'ng'irog'i | Tizim va undiruvchi |
| 5-kundan | Kafil kartasidan yechish, JShShIR orqali undirish | Tizim, avtomatik |
| 10–20 kun | Telefonni yengil yoki to'liq bloklash | Tizim (kun o'zingiz belgilaysiz) |
| 30 kundan | Rasmiy pochta xati | Undiruvchi, bir tugma |
| 60–90 kundan | Sudga oshirish uchun hujjatlar | Rahbar yoki yurist |
Muddati o'tganlar ro'yxati
Shartnomalar ro'yxati standart holda muddati o'tganlardan boshlanadi va kechikish kunlari bo'yicha tablarga bo'linadi. Har bir qatorda qarz summasi, undiruvchi, oxirgi chora va mijozning va'dasi ko'rinadi. Filial, sotuvchi, undiruvchi va mahalla bo'yicha filtrlash mumkin.
To'lov va'dasi (PTP)
Qo'ng'iroqda mijoz to'lash sanasini aytadi — undiruvchi uni shartnomaga yozib qo'yadi. Va'da kuni soat 9:00 da mas'ul xodimga eslatma keladi, shartnoma sarlavhasida va'da ko'rinib turadi. Kun oxirida va'da bajarilgan-bajarilmagani hisobotga tushadi — kimning mijozlari so'zida turishini ko'rasiz.
Avtomatik xabarlar katalogi
Qaysi xabarlar avtomatik ketishini katalogdan o'zingiz yoqasiz:
- To'lovdan 3 kun oldin va 1 kun oldin eslatma;
- to'lov kuni eslatmasi;
- «To'lov kechikdi» xabari;
- «To'lov qabul qilindi» xabari;
- Telegram mijozlar botida bugungi va ertangi to'lov eslatmasi — bepul;
- xodimga: bugun to'lov va'dasi bor mijozlar ro'yxati.
Qo'lda SMS yuborish ham bor: shablon tanlanadi, mijozlar segmenti (masalan, 31–60 kun kechikkanlar) belgilanadi va xabar bir vaqtda ketadi.
Rasmiy pochta xati
Qarzdorga ogohlantirish yoki talabnoma xati ABBOT'dan Hybrid pochta orqali yuboriladi: matn shablondan to'ldiriladi, xat mijozning ro'yxatdagi manziliga boradi, yuborilgani shartnoma tarixida qoladi. Sud jarayonida bu — qarzdor ogohlantirilganining isboti.
Sudga oshirilgan shartnomalar
Sudga oshirilgan shartnomalar alohida ro'yxatda yuritiladi: holat, sana, mas'ul xodim va izohlar. Shartnoma, grafik, to'lovlar tarixi, imzo dalillari va yuborilgan xatlar bitta joyda bo'lgani uchun hujjat yig'ishga vaqt ketmaydi.
Undiruvchilar ishini o'lchash
- Undiruvchilar KPI — biriktirilgan qarz, undirilgan summa va bajarilgan va'dalar.
- Kutilayotgan tushum — kelgusi kunlar va haftalarda qancha pul kelishi kerakligi.
- Shartnomalar intizomi — qaysi shartnomalar o'z vaqtida, qaysilari doim kechikib to'lanadi.
- Rahbarga kunlik hisobot — har kuni 20:00 da muddati o'tgan qarz va bugungi va'dalar Telegram'ga keladi.