KATM hisobotida nima bor
- Faol kreditlar va nasiyalar — qaysi tashkilotda, qancha summa, oylik to'lov qancha.
- Kechikishlar — joriy kechikish bormi, o'tmishda necha kunlik kechikishlar bo'lgan.
- Yopilgan majburiyatlar — mijoz avval qarzlarini qanday yopgan.
- So'rovlar — hisobot turiga qarab: yaqinda boshqa tashkilotlar ham uni tekshirganmi (bir haftada o'nta so'rov — xavotirli belgi).
- Skoring balli — umumiy baholash; uni yolg'iz emas, tafsilotlar bilan birga o'qing.
Hisobotni qanday o'qish kerak
- 1
Joriy kechikish
Hozir biror joyda kechikkan qarz bo'lsa — bu eng kuchli xavf belgisi. Ko'p do'konlar bu holatda rad etadi yoki katta boshlang'ich to'lov va kafil so'raydi.
- 2
Oylik yuklama
Barcha faol kreditlar bo'yicha oylik to'lovlarni qo'shing va sizning to'lovingizni ham qo'shib, mijoz daromadi bilan solishtiring.
- 3
Tarix
Bir yil oldin 30 kunlik kechikish bo'lib, keyin hammasi o'z vaqtida yopilgan bo'lsa — bu boshqa holat, doimiy kechikishlar esa boshqa.
- 4
So'rovlar soni
Qisqa vaqtda ko'p so'rov — mijoz bir necha joydan bir vaqtda nasiya olayotgan bo'lishi mumkin.
KATM yetarli emas: yana nimalarni tekshirish kerak
| Manba | Nimani qo'shadi |
|---|---|
| MIB | Sud qarori bo'yicha majburiy ijrodagi qarzlar: aliment, kommunal, boshqa kreditorlar. KATM'da ko'rinmasligi mumkin. |
| INPS va soliq | Rasmiy daromad — limitni hisoblash uchun asos. |
| Karta aylanmasi | Rasmiy ishlamaydigan, lekin kartasiga muntazam pul tushadigan mijozlar uchun. |
| MyID | Pasport egasi aynan shu odam ekani — birovning hujjati bilan nasiya olishning oldini oladi. |
| O'z bazangiz | Mijoz avval sizda qanday to'lagan — eng ishonchli ma'lumot. |
Natijadan qarorgacha: limit qoidasi
Tekshiruvni shunchaki «o'tdi / o'tmadi» deb emas, limit sifatida ishlating. Oddiy qoida misoli:
- joriy kechikish bor yoki MIB'da qarz bor — rad etish yoki faqat kafil bilan;
- oylik yuklama (barcha kreditlar + sizning to'lovingiz) daromadning 50% idan oshsa — muddatni uzaytirish yoki boshlang'ich to'lovni oshirish;
- o'tgan yil ichida 60 kundan uzun kechikish bo'lgan — kattaroq boshlang'ich to'lov;
- o'z bazangizda yaxshi tarixi bor doimiy mijoz — tekshiruvni soddalashtirish.
Bu qoidalar har bir sotuvchida bir xil ishlashi uchun ularni dasturga yozib qo'ygan ma'qul — ABBOT'da skoring strategiyasi shunday ishlaydi: limit avtomatik hisoblanadi, undan oshgan shartnoma esa rahbar tasdig'isiz tuzilmaydi.
Mijoz roziligi va maxfiylik
Kredit hisobotini olish uchun mijozning roziligi kerak. Hisobot ma'lumotlarini faqat nasiya qarori uchun ishlating, uchinchi shaxslarga bermang va hisobotlarga kirishni faqat mas'ul xodimlar bilan cheklang.
O'z shartnomalaringizni KATM'ga yuborish
Tekshiruv bir tomonlama bo'lmasligi kerak: agar sizning nasiyalaringiz ham kredit byurosida ko'rinsa, mijoz boshqa joyda nasiya olayotganda sizdagi qarzi ham hisobga olinadi va u to'lov intizomiga jiddiyroq qaraydi.
ABBOT buni siz uchun qiladi
Mijozni tekshirish, shartnoma, grafik, kartadan avtoto'lov va kechikkanlar bilan ishlash — bitta nasiya savdo dasturida.