Asosiy mazmunga o'tish

Qo'llanma № 22

AI bilan tovar kirimi: nakladnoyni rasm, PDF yoki Excel'dan kiritish

Ta'minotchidan nakladnoy kelganda har bir tovar, soni va narxini qo'lda yozish shart emas. ABBOT'da «AI bilan yuklash» tugmasi faylni o'qib, kirim formasini to'ldiradi. Saqlashni esa o'zingiz qilasiz.

4 daqiqa o'qish · ABBOT jamoasi

AI bilan kirim: video qo'llanma, 2 daqiqa

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Formani oching

    Ombor → Kirim → «Qo'shish».

  2. 2

    «AI bilan yuklash» ni bosing

    Fayldagi narxlar valyutasini tanlang: so'm yoki dollar. Keyin «Faylni yuklash» ni bosing.

  3. 3

    Faylni tanlang

    Telefonda olingan rasm, PDF yoki Excel bo'lishi mumkin.

  4. 4

    Tekshiring va saqlang

    Tovarlar jadvalga tushadi. «Saqlash» ni bosmaguningizcha bazaga hech narsa yozilmaydi.

AI nima qiladi

  • tovar, soni va kirim narxini jadvalga qo'yadi;
  • ta'minotchi va sanani hujjatdan to'ldiradi;
  • jami summani hujjatdagi bilan solishtiradi, farq bo'lsa ogohlantiradi;
  • bazadagi tovarni o'zi bog'laydi, nomi biroz boshqacha bo'lsa o'xshash tovarni taklif qiladi;
  • hujjat avval kiritilgan bo'lsa, ogohlantiradi.

Bazada yo'q tovarlar

Topilmagan tovarlar sariq rangda qoladi. «AI bilan yaratish» tugmasi har biriga tur, guruh va brend taklif qiladi. Tekshirasiz, kerak bo'lsa tuzatasiz va tasdiqlaysiz. Ba'zan AI bitta tovarga joy topa olmasligi mumkin, unda maydonlarni o'zingiz to'ldirasiz.

Sotuv narxi

Sotuv narxi o'zidan chiqmaydi: faylda bo'lsagina tushadi. Taklif kerak bo'lsa, ustun tepasidagi «AI taklifi» tugmasini bosasiz. Naqd narx kirim narxi va tovar marjasidan, nasiya narxi naqd narx va 12 oylik tarifdan hisoblanadi. Faqat bo'sh kataklar to'ladi, siz yozgan narx o'zgarmaydi.

Excel va ovoz

Excel fayl ham shu tugma bilan yuklanadi. Ustun nomlari tanish bo'lmasa, AI ularni o'zi aniqlaydi. Hujjat umuman bo'lmasa, ABBOT AI oynasida mikrofonni bosib ayting yoki yozing: «Tech Importdan 5 ta zaryadlovchi oldim, donasi 95 ming so'mdan». Tayyor kartochkani tekshirib tasdiqlaysiz.

ABBOT buni siz uchun qiladi

Mijozni tekshirish, shartnoma, grafik, kartadan avtoto'lov va kechikkanlar bilan ishlash — bitta nasiya savdo dasturida.

ABBOT

Ko'p beriladigan savollar

Qaysi fayllar qabul qilinadi?

Rasm (JPG, PNG, WEBP, HEIC), PDF, Excel va CSV, 10 MB gacha.

AI xato o'qisa nima bo'ladi?

Saqlashdan oldin hamma qatorni tahrirlashingiz mumkin. Jami summa hujjatdagidan farq qilsa, forma buni ko'rsatadi.

Demo so'rovi

Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.