Telefonsiz nasiyada asosiy himoya — tekshiruv va kafil
Muzlatgich yoki konditsionerni MDM bilan bloklab bo'lmaydi. Demak, nasiya xavfini sotuvdan oldin kamaytirish kerak: mijozning kredit yuklamasi, rasmiy daromadi va kartasidagi aylanmani ko'rib limit berish, katta summada kafil olish va ikkala kartani ham avtoto'lovga ulash.
- Skoring strategiyasi: limit rasmiy daromad yoki karta aylanmasidan hisoblanadi; katta summada esa kafil so'rash do'kon qoidasiga aylanadi.
- Kafil: alohida kafillik shartnomasi, onlayn imzo, kafil kartasidan kechikishning 5-kunidan yechish.
- Avtoto'lov: har soatda urinish, qisman yechish, JShShIR orqali mijozning boshqa kartalaridan.
- Rasmiy pochta xati va sud: uzoq kechikishda hujjatlar tizimdan chiqadi.
Seriya raqami bilan ombor
Har bir televizor, muzlatgich va kir yuvish mashinasi seriya raqami bilan kirim qilinadi. Kafolat yoki qaytarish bo'yicha mijoz kelganida seriya raqamini kiritasiz — qachon, kimga, qaysi shartnoma bilan sotilgani darhol ko'rinadi. Sennik va etiketkalar ombordagi narx bilan chop etiladi.
Ko'p filialli tarmoq uchun
- Filiallar orasida tovar ko'chirish va har bir ombor qoldig'i.
- Filial bo'yicha savdo, tushum va muddati o'tgan qarz.
- Xodimlar Face ID bilan davomat qiladi, sotuvchi KPI va oylik bir joyda.
- Rahbarga har kuni 20:00 da barcha filiallar bo'yicha Telegram hisobot.