Qanday ulanadi
- 1
«Botni ulash» ni oching
Moliya → Karta tranzaksiyalari → «Botni ulash».
- 2
Telegram akkauntni ulang
«QR orqali ulash» ni bosing. Telefonda Telegram → Sozlamalar → Qurilmalar → «Qurilmani ulash» ni oching va QR kodni skanerlang. Ikki bosqichli himoya yoqilgan bo'lsa, parolni ham kiritasiz.
- 3
Botni tanlang
Chatlar ro'yxatida CardXabar va Humo eng yuqorida turadi, bot turi o'zi tanlanadi. «Ulash» ni bosing, botning oxirgi xabarlari darhol o'qiladi.
- 4
Kartani hisobga bog'lang
Moliya → Hisoblar bo'limida hisobni tahrirlang va «Karta raqami (oxirgi 4 ta)» maydoniga yozing.
Bot ro'yxatda ko'rinmasa, Telegramda unga /start yuboring va ro'yxatni yangilang.
Tranzaksiyalar ro'yxati
- vaqt, turi, summa, hisob, karta va manba bitta jadvalda, tepada jami kirim va chiqim;
- bot xabar yuborishi bilan tranzaksiya yoziladi, aloqa uzilgan bo'lsa, yangilash tugmasi qolgan xabarlarni ham o'qiydi;
- odatda faqat hisobga bog'langan kartalar ko'rinadi, «Hisobga bog'langanlar» filtrini o'chirsangiz hammasi chiqadi.
To'lovga bog'lash
To'lov qabul qilayotganda hisob sifatida shu kartani tanlaysiz. Ostida kartaga tushgan, hali ishlatilmagan pullar chiqadi. Kerakli tranzaksiyani tanlab saqlaysiz. Keyin summa «Ishlatilgan» ustunida ko'rinadi, «To'lovga bog'lanmagan» filtri esa hali ochiq qolganlarini ko'rsatadi.
ABBOT buni siz uchun qiladi
Mijozni tekshirish, shartnoma, grafik, kartadan avtoto'lov va kechikkanlar bilan ishlash — bitta nasiya savdo dasturida.