Do'kon uchun ERP · nasiya savdo dasturi
Do'koningizning butun ishi bitta tizimda
ABBOT naqd va nasiya savdoni, omborni, moliyani, marketingni va xodimlarni bitta joyda boshqaradi. Nasiya bilan ishlamasangiz ham do'koningizni to'liq avtomatlashtiradi.
- Oyiga 200 000 so'mdan
- Veb, iOS va Android
- O'rnatish va o'qitish bilan
Chilonzor filiali · barcha bo'limlar
- Savdo
- 12 chek · 28 640 000 so'm
- Nasiya
- 9 shartnoma · 63 800 000 so'm
- To'lovlar
- 47 ta · 51 350 000 so'm
- Ombor
- kirim 16 dona · kam qolgan 14
- Moliya
- xarajat 4 900 000 so'm
- Marketing
- 38 murojaat · AI javob 31
- HR
- 15 xodimdan 14 tasi ishda
Har kuni 20:00 da rahbarga Telegram'da ham keladi
Ulangan xizmatlar
- Tekshiruv
- KATM
- MIB
- MyID
- INPS
- Soliq
- To'lov
- UzCard
- Humo
- Payme
- Click
- Atmos
- Plum
- Qurilma
- 7MDM
- Samsung Knox
- iCloud
- Mobilock
- UzIMEI
- Aloqa
- SMS
- Telegram
- Meta Lead Ads
- Sipuni
- Hybrid pochta
Qisqacha
Bilishingiz kerak bo'lgan asosiysi — bir varaqda
Do'kon egalari birinchi so'raydigan olti savol va ularga qisqa, aniq javob.
- 01Kimlar uchun?
- Telefon, maishiy texnika va mebel do'konlari
- Nasiyaga sotadigan har qanday chakana savdo. Nasiyasiz do'konlar ombor, kassa va moliya uchun ishlatadi.
- Sohalar
- 02Narxi qancha?
- Oyiga 200 000 so'mdan
- Har bir tuzilgan shartnoma — 20 000 so'm. O'rnatish, bazani ko'chirish va o'qitish — bir marta 1 500 000 so'm.
- To'liq narxlar
- 03Qanday boshlanadi?
- Demo, keyin hammasini o'zimiz sozlaymiz
- Kabinet, shartnoma shabloni va integratsiyalarni ulaymiz, eski bazani ko'chirib, xodimlarni o'qitamiz. O'zingiz ro'yxatdan o'tsangiz — 7 kun bepul sinab ko'rasiz.
- Ulanish bosqichlari
- 04Qayerda ishlaydi?
- Brauzerda, iPhone va Android'da
- Veb kabinet va mobil ilova obuna ichida. Rahbarga har kuni 20:00 da Telegram'ga kunlik hisobot keladi.
- 05Nimalar ulangan?
- KATM, MIB, MyID, UzCard, Humo, Payme, Click
- Tekshiruv, to'lov, qurilma himoyasi va aloqa uchun 20 dan ortiq xizmat tayyor ulangan.
- Mijozni tekshirish
- 06Ma'lumotlar xavfsizmi?
- Har xodim faqat o'z bo'limini ko'radi
- Rol va ruxsatlar beriladi, kim nima kiritgani yozib boriladi, bazaning zaxira nusxasi muntazam olinadi.
Bu yerda javobi yo'q savolingiz bormi? Qo'ng'iroq qiling yoki Telegram'da yozing — ish vaqtida javob beramiz.
ABBOT bo'limlari
Bitta kabinetda besh bo'lim: nasiyadan oyligacha
Har bo'lim do'kondagi bitta ishni o'z hujjati bilan yuritadi — shartnoma, kirim hujjati, hisobot, murojaatlar jurnali, davomat tabeli. Bo'limni tanlang va u nima qilishini ko'ring.
Nasiya
Mijozni tekshiradi, shartnoma tuzadi, to'lovni o'zi yig'adi
KATM, MIB va MyID orqali tekshiruv, SMS kod yoki Face ID bilan imzo, UzCard va Humo kartadan avtoto'lov, kechiksa qurilma bloki.
- Grafik shartnoma bilan birga tuziladi
- Kartadan har soatda urinish, qisman ham
- Kechikkanlar undiruvchiga avtomatik
Toshkent sh., Chilonzor filiali · 18.10.2026
- Xaridor
- Rahimov Dilshod
- JShShIR
- 3 1205 •••• •• 17
- Tovar
- iPhone 15, 128 GB
- Narx
- 11 400 000 so'm
- Boshlang'ich
- 2 400 000 so'm
- Grafik
- 12 oy × 1 050 000 so'm
- Kafil
- Rahimova N., karta 5-kundan
Rahbar uchun
Do'konda bo'lmasangiz ham hammasini bilasiz
Har kuni soat 20:00 da Telegram'ga kunning yakuni keladi: nechta shartnoma, qancha to'lov, shundan qanchasi avtoto'lov, muddati o'tgan qarz va ertangi tushum. Savol tug'ilsa — AI yordamchiga oddiy tilda yozasiz, u hisobotlardan javob beradi va hech narsani o'zgartirmaydi.
- Hisobotdagi bloklarni o'zingiz tanlaysiz
- Telefonda ham, kompyuterda ham
- Har xodim faqat ruxsat berilgan bo'limni ko'radi
Mobil ilova
Sotuv, ombor va kassa — telefonda
ABBOT ilovasi App Store va Google Play'da. U prilavka ortida bir qo'lda ishlash uchun qilingan: skanerladi — savatga tushdi, mijoz to'ladi — kassaga yozildi.
- Naqd, shartnomaga va qarzga sotuv
- Shtrix-kod va IMEI skaner
- Ombor qoldig'i, kirim va kassa
- Xodimlar uchun Face ID davomat
Ilova bepul, foydalanish obuna ichida
Taqqoslash
Daftar, Excel yoki nasiya dasturi
Ko'p do'konlar nasiyani daftar yoki Excel'da boshlaydi. Mijozlar 50 tadan oshganda farq sezila boshlaydi.
Mijozni tekshirish
KATM, MIB, MyID, INPS — bitta so'rovda
Daftar: Yo'q · Excel: Yo'q
Shartnoma va grafik
Avtomatik, SMS kod yoki Face ID bilan imzo
Daftar: Qo'lda yoziladi · Excel: Shablondan nusxa
To'lov eslatmasi
SMS va Telegram o'zi yuboradi
Daftar: Esda tutish kerak · Excel: Filtr bilan qidiriladi
Kartadan yechish
Har soatda, qisman ham
Daftar: Yo'q · Excel: Yo'q
Kechikkanda
Bloklash, pochta xati, undiruvchi, sud
Daftar: Qo'ng'iroq · Excel: Qo'ng'iroq
Ombor qoldig'i
Shartnoma bilan bog'langan, IMEI bo'yicha
Daftar: Alohida daftar · Excel: Alohida fayl
Sof foyda
Foyda va zarar hisoboti tayyor
Daftar: Oy oxirida taxmin · Excel: Formulalar bilan
Xodimlar
Rollar va ruxsatlar: har kim o'z bo'limini ko'radi
Daftar: Ishonch · Excel: Ishonch
Kimlar uchun
Muddatli to'lov bilan sotadigan har bir do'kon uchun
ABBOT eng ko'p telefon va maishiy texnika do'konlarida ishlatiladi, lekin nasiya bo'lgan har qanday chakana savdoga mos keladi: mebel, qurilish mollari, avtomobil ehtiyot qismlari, kiyim.
Telefon do'konlari
iPhone va Android nasiyasi, MDM va IMEI
- Har bir telefon IMEI bilan
- Kechiksa MDM, iCloud yoki Knox bilan blok
- Trade-in va naqd savdo
Maishiy texnika
Seriya raqami, yetkazib berish, ko'p filial
- Seriya raqami bilan hisob
- 18–24 oylik grafik, kafil kartasi
- Filiallararo ko'chirish hujjat bilan
Mebel do'konlari
Buyurtma, kafil, uzun muddatli grafik
- Buyurtma va yetkazish bosqichlari
- Kafil kartasi avtoto'lovda
- 12–24 oylik grafik, oldindan to'lov
Narxlar
Narx ochiq — nima uchun to'layotganingizni bilasiz
Oylik obuna, ishlatilgan xizmatlar va bir martalik o'rnatish. Yashirin to'lov yo'q: har bir yechilgan summa kabinetda sababi bilan ko'rinadi.
- Asosiy obuna: veb va mobil ilova, 1 filial
- 200 000so'm / oy
- Har bir tuzilgan shartnoma uchun
- 20 000so'm
- O'rnatish, eski bazani ko'chirish va o'qitish
- 1 500 000so'm, bir marta
Bitta filial, ombor ishlatiladi, ikkala SMS yoqilgan
| Asosiy obuna | 200 000 |
| Shartnomalar: 40 × 20 000 | 800 000 |
| SMS: 40 × (2 000 + 3 000) | 200 000 |
| Jami oyiga | 1 200 000 so'm |
Skoring, MyID va MDM ishlatilgan miqdorga qarab qo'shiladi.
Ulanish
Qanday boshlaymiz
- 01
Demo
30 daqiqa onlayn yoki do'koningizda. Sizning jarayoningizni ko'rib, nima kerakligini aytamiz.
- 02
O'rnatish
Kabinet ochiladi, filiallar, kassalar va shartnoma shabloni sozlanadi, integratsiyalar ulanadi.
- 03
Bazani ko'chirish
Excel yoki boshqa dasturdagi mijozlar, shartnomalar va qoldiqlar ABBOT'ga ko'chiriladi.
- 04
O'qitish va yordam
Xodimlar o'qitiladi. Keyin savollarga Telegram guruhdagi yordamchi va mutaxassislar javob beradi.
Maqolalar
Nasiya savdo bo'yicha foydali
Ko'p beriladigan savollar
Nasiya savdo dasturi nima va u nima uchun kerak?
ABBOT narxi qancha?
Mijoz qanday tekshiriladi?
Mijozning kartasidan pul qanday yechiladi?
Nasiyaga sotilgan telefonni qanday bloklash mumkin?
Shartnomani masofadan imzolash mumkinmi?
Eski bazamni Excel'dan ko'chirib berasizlarmi?
Bir nechta filial bilan ishlasa bo'ladimi?
Mobil ilova bormi?
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
ABBOT'ni o'z do'koningiz misolida ko'ring
30 daqiqalik onlayn demo: shartnoma tuzamiz, grafikni ko'rsatamiz, savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yo'q.
Yoki o'zingiz ro'yxatdan o'ting: 7 kun bepul sinovDemo so'rovi
Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.